Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yuz bergan tabiiy ofat qurbonlari soni 181 kishiga yetdi
Xitoyning markaziy va sharqiy mintaqalarida bir haftadan beri davom etgan surunkali yomg‘irlar oqibatida vujudga kelgan suv toshqinlari 181 kishining hayotdan ko‘z yumishi yoki bedarak yo‘qolishiga sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Yantszi daryosi sohilida joylashgan, 8 mln kishi istiqomat qiladigan Uxan shahrining o‘ziga bir haftada 57,4 sm yomg‘ir yoqqan.
Uxan shahri rasmiy vakili va davlat OAV 14 kishining halok bo‘lgani va bir kishi bedarak yo‘qolganini ma'lum qilgan. Qariyb 170 ming kishi ko‘chirilgan, 80 ming nafar odam boshpanalarga joylashtirilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha milliy vazirlikka ko‘ra, qo‘shni mintaqalarda 181 kishi hayotdan ko‘z yumgan yoxud bedarak yo‘qolgan.
Mavzuga oid
15:04 / 06.04.2026
Dog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026