Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen va LG hamkorlikda "aqlli mashina" ishlab chiqaradi
Germaniyaning Volkswagen avtokonserni va Janubiy Koreyaning elektr texnikasi ishlab chiqaruvchi LG kompaniyasi o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Kompaniyalar axborot almashinuvida bulutli xizmatdan foydalanuvchi multimedia tizimining yangi avlodi ustida bosh qotirmoqda.
Kelajakda, haydovchi yangi dasturiy ta'minot vositasida o‘zining «aqlli uyi»ga bog‘lanib, signalizatsiyani tekshirishi, chiroqni o‘chirishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, interfeysning qulayligi sabab, haydovchi multimedia tizimining axborot xabarlarini «tushunarli va xavfsiz usulda» o‘qiy oladi.
Bugungi kunda deyarli barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar, ma'lumotlarni saqlashning bulutli xizmatidan foydalanuvchi bu kabi tizimlar ustida ish olib bormoqda.
Xususan, Hyundai kompaniyasi yaqin yillarda bir-biri bilan o‘zaro "gaplashadigan" mashinalar paydo bo‘lishini e'lon qilgan edi. Avvalroq, Toyota va Microsoft Texas shtatida, barcha "aqlli" mashinalarning "bosh miya markazi" bo‘lib xizmat qiladigan maxsus "data-xab"ni barpo etishlarini ma'lum qilgandi.
Ma'lumki, LG kompaniyasi 2007 yildan beri turli avtomobil kompaniyalariga multimedia tizimlarini yetkazib beradi. 2015 yili Volkswagen avtokonserniga tegishli Italdesign Giugiaro dizayn-atelesi LG elektronikasi bilan jihozlangan GEA kontsept karini namoyish qilgandi.
Mavzuga oid
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
08:45 / 28.05.2026