Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiya bilan raketalarga qarshi mudofaa tizimini muhokama qilishga tayyor
NATO agar Moskva tayyor bo‘lsa, Rossiya bilan raketalarga qarshi mudofaa tizimini muhokama qilishga tayyor, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda NATOning Varshavadagi sammiti yakuniy matbuot bayonotida aytildi.
Bayonotda ballistik raketalardan himoyalanish tizimi Rossiyaning strategik bosib turish tizimiga qarshi tura olmasligi va NATO kelajakda bu tizimga u bunday imkoniyatga ega bo‘lishi uchun o‘zgartirish kiritmoqchi emasligi aytilgan.
"Rossiyaning ballistik raketalardan himoyalanish tizimi sababli ittifoqdoshlarni nishon qilish tahdidi nomaqbul va samarasizdir. Agar Rossiya ballistik raketalardan himoyalanish tizimini muhokama qilishga tayyor va alyans rozi bo‘lsa, NATO muhokama uchun ochiq qoladi", deyilmoqda xabarda.
Bayonotda, shuningdek, NATO yadroviy qurol bor ekan, yadroviy alyans bo‘lib qolishi, biroq u o‘zaro manfaatli asosda yadroviy qurollarni qisqartirishga ko‘mak bermoqchi ekanligi aytilgan.
Avvalroq NATO Rossiya bilan konstruktiv munosabatlarga intilayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026