Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya Mi-35M vertolyotining urib tushirilganiga javob berishi mumkin
Foto: Videodan olingan kadr
Jangarilar tomonidan Suriyada urib tushirilgan, bortida rossiyalik uchuvchilar bo‘lgan Mi-35M jangovar vertolyoti Suriya armiyasi emas, Rossiya havo-kosmik kuchlariga qarashli bo‘lgan. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi Rossiya harbiy qo‘mondonligidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Yuqori lavozimli harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotning yo‘q qilinishi javobsiz qolmaydi. «Kommersant'»ning yozishicha, hozircha bir necha o‘ch olish variantlari ko‘rib chiqilmoqda.
Nashrga ko‘ra, ushbu choralar shu haftaning o‘zida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan e'lon qilinishi mumkin.
Mudofaa vazirligi taxminiga ko‘ra, Suriyaning Xoms viloyatida nazorat parvozini amalga oshirayotgan polkovnik Ryafagat Xabibullin va leytenant Yevgeniy Dolgin terrorchilar bilan jangga kirishgan hamda IShID tomonidan urib tushirilgan. Vertolyot Suriya hukumat qo‘shinlari nazoratidagi hududga qulashi oqibatida uning ekipaji halok bo‘lgan.
«Interfaks» ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar vertolyotni Amerikaning TOW majmuasi yordamida urib tushirishgan. Raketa texnikaning dum qismiga tekkani bois, muvozanatni yo‘qotgan vertolyot yerga qulagan.
Mavzuga oid
09:49
FT: Rossiya sulhni buzsa, g‘arb 72 soatda harbiy javob berishni ko‘zlamoqda
09:34
Ukraina Rossiya zarbalaridan so‘ng muzokaralardagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqadi
09:11
Rossiya Zaporijjyaga yana hujum qildi: 18 yoshli ikki fuqaro halok bo‘ldi
21:43 / 03.02.2026