Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada burgut kichik bolani ko‘tarib ketmoqchi bo‘ldi
Avstraliya markazidagi yovvoyi tabiat bog‘idagi shou vaqtida burgut kichik bolani ko‘tarib ketmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda OAV.
Voqea 6 iyulda Alice Springs Desert Park bog‘ida sodir bo‘ldi.
Chamasi 6-8 yoshlar bo‘lgan bola kapyushonli yashil kiyimda bo‘lgan. Shouda ishtirok etayotgan burgut tomosha vaqtida pastga qarab uchib, bola kiyimining kapyushoniga panjalari bilan yopishib, bolani yuqoriga ko‘tarmoqchi bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, burgut bolani go‘yoki kichik bir jonzotni ushlab olgandek ko‘ringan.
Bola baqirib yuborgan. Tez orada vaziyatga bog‘ xodimlari aralashib, burgutni haydab yuborishgan. Tomosha to‘xtatilgan, burgut bolaga yuza jarohatlari yetkazgan.
Bog‘ ma'muriyati tergov boshlaganini va uning oxirigacha yirtqich qush tomoshalarda ishtirok etmasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026