2026 yil 25 martda qabul qilingan “Ovjazsoy – Moviy toğlar”, “Piskom”, “Farğona” milliy tabiat boğlarini taşkil etiş va “Pop” milliy tabiat boği hududini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qaroriga köra, Toşkent viloyatida ikki yangi milliy tabiat boği barpo etiladi.

Jumladan, Ohangaron tumanidagi Ohangaron davlat örmon xöjaligining “Ovjazsoy” uçastkasidagi 9,2 ming gektar yer maydonida “Ovjazsoy – Moviy toğlar” milliy tabiat boği, şuningdek, Böstonliq tumanidagi Burçmulla davlat örmon xöjaligining 156,7 ming gektar yer maydonida “Piskom” milliy tabiat boği taşkil etiladi.

Şu bilan birga, Farğona viloyati Özbekiston va Söx tumanlaridagi 13,9 ming gektar davlat zaxira yerlari hamda Farğona va Qöqon davlat örmon xöjaliklarining 8,9 ming gektar yer maydonlari hisobiga umumiy maydoni 22,9 ming gektardan iborat “Farğona” milliy tabiat boği barpo etiladi.

Qarorga muvofiq, Namangan viloyatidagi “Pop” milliy tabiat boği hududi ham kengaytiriladi. Unga Mingbuloq va Pop adirliklaridagi 33,6 ming gektar davlat zaxira yerlari hamda Pop ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligining 91,2 ming gektar yer maydoni qöşilib, umumiy hudud 125,3 ming gektarga yetkaziladi.

Mazkur çora-tadbirlar tabiiy hududlarni muhofaza qiliş, bioxilmaxillikni saqlaş hamda ekologik turizmni rivojlantirişga xizmat qiladi.