Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi e'lon qilindi
Foto: airlinequality.com
12 iyul kuni Britaniyaning Skytrax tadqiqot markazi tomonidan eng yaxshi aviakompaniyalar yuztaligi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Emirates Airlines aviakompaniyasi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb tan olingan. Mazkur kompaniya o‘z tarixida to‘rtinchi marta shunday ulug‘ nomga sazovor bo‘ldi. Bu haqida Skytrax’ning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Emirates Airlines kompaniyasining prezidenti Tim Klark “Skytrax’ning nufuzli reytingida g‘olib bo‘lish biz uchun katta sharaf. Biz qilayotgan barcha ishlarimizda mijoz manfaatini ko‘zlaymiz” dedi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, Emirates kompaniyasi so‘nggi uch yil ichida eng yaxshi aviakompaniya nomini qo‘lga kiritib kelayotgan Qatar Airways’dan o‘zib ketdi.
Yangi reytingda Qatar aviakompaniyasi ikkinchi o‘rindan joy oldi. Uchinchi o‘rin esa Singapore Airlines’ga nasib etdi.
Keyingi o‘rinlarda Cathay Pacific, ANA All Nippon Airways, Etihad Airways, Turkish Airlines, EVA Air, Qantas Airways va Lufthansa aviakompaniyalari nomlari qayd etilgan.
Mavzuga oid
07:19
Dunyodagi eng obro‘li davlatlar - 2026 yil ro‘yxati
15:40 / 03.03.2026
Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi yuritiladi
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
08:00 / 26.02.2026