Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Guardian: «NATO Rossiya bilan qaltis o‘yin qilmoqda»
Avstraliyaning Polshadagi sobiq elchisi Toni Kevin NATOning Varshavadagi oxirgi yig‘ini haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, NATO haddan tashqari xavfli yurishni amalga oshirdi.
«G‘arb yetakchilari «Putinning agressiv Rossiyasi»ga ko‘rsatib qo‘yishni reja qilib, hadlaridan oshishmoqda. Ular Moskvadan 600 kilometr uzoqlikda 4 mingta NATO armiyasini joylashtirishdi. Xo‘sh, qaysi biri agressiya?
Bu askarlar shunchaki tayyorgarlik ko‘rish uchun emas, jang qilish uchun kelishgan. Yevropa 1913 va 1939 yildan buyon bundayin xatar ostida qolmagan edi. NATO Rossiya bilan juda qaltis o‘yin qilmoqda.
Polsha va Boltiq bo‘yi mamlakatlari yetakchilari AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning nog‘orasiga o‘ynashmoqda. U yerdagi mamlakat rahbarlariga qat'iyat yetishmaydi, deb qo‘rqaman. Bu voqealarning barchasi Obama, Kemeron, Merkel va Ollandning tashqi siyosatdagi «halokati» bilan yakunlanishi hech gap emas», - deydi janob Toni Kevin.
Mavzuga oid
21:43 / 03.02.2026
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
14:32 / 03.02.2026
Vengriya Rossiya gazi importi taqiqi sabab Yevroittifoq sudiga murojaat qildi
12:50 / 03.02.2026