Jahon | 12:57 / 14.07.2016
5608
2 daqiqa o‘qiladi

Asad: “Suriya va Iroq armiyasi terrorizmga qarshi birgalikda kurashmoqda”

Foto: SANA / Reuters

Suriya prezidenti Bashar Asad  Iroq bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Falah al-Fayyod bilan Damashq va Bag‘dod o‘rtasida harbiy-siyosiy hamkorlik masalalarini muhokama etgan. SANA axborot agentligining xabariga ko‘ra, Iroq vakili Suriya yetakchisini Mosulni IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha tayyorlanayotgan jangovar amaliyotdan xabardor etgan.

Shu bilan birga, Iroq rahbariyati nomidan "terrorizmga qarshi kurashda ijobiy samara berayotgan Suriya hukumati bilan yaqindan aloqani davom ettirish istagini" bidirgan. 

Asad, o‘z navbatida "Iroq xalqi va qurolli kuchlarini IShIDga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati hamda Al-Faluja shahrini ozod etgan"ligi bilan qutlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Suriya va Iroq armiyasi terrorizmga qarshi birgalikda kurashmoqda, shu boisdan ham, u yoki bu mamlakat frontidagi har qanday g‘alaba umumiy hisoblanadi".

Damashq va Bag‘dod harbiy qo‘mondonligi 600 kmlik umumiy chegara ustidan nazoratni to‘liq ta'minlashni birinchi galdagi vazifa deb hisoblamoqda. Hozirgi vaqtda, IShID a'zolari Iroqning g‘arbiy Anbar viloyatidan Suriya hududiga deyarli hech qanday to‘siqlarsiz o‘ta oladi. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid