Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 30 million kishi “soya”da qolmoqda
Soliqlar, politsiya va prokuraturaning noqonuniy harakatlari, Rossiyaning yashirin iqtisodiyotini oziqlantirmoqda, - degan Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy kengash majlisida. Ushbu “yashirin” iqtisodiyotda 30 mln kishi mavjud, hukumat esa ushbu “iqtisodiyot” a'zolarining ishini qonuniylashtirish uchun choralar ko‘rishi lozim, deya xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.
Rossiya “yashirin” iqtisodiyotining hajmi YaIMning chorak qismini tashkil etadi. Bu esa, o‘z navbatida arzon neft davrida juda jiddiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ayni vaqtda, “yashirin” iqtisodiyotda Rossiya mehnatga layoqatli aholisining 40 foizi bandligi, muammo ko‘lami naqadar keng ekanligini isbotlaydi. Bu ko‘rsatkich, 2001-yildan beri o‘zgarmaydi.
Qayd etilishicha, Rossiya iqtisodiyoti hamon iqtisodiy tanglikni boshidan kechirmoqda. Garchi, XVJ Rossiya iqtisodiyotining bu yilgi holatiga prognozlarini yaxshi tomonga o‘zgartirgan bo‘lsa-da, Rossiya YaIM 2016 yil yakunlariga ko‘ra 1,2 foizga pasayadi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026