Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Fransiyaga amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlarni bepul qildi
Google kompaniyasi Nitstsadagi fojia tufayli Fransiyaga Hangouts messenjeri, Google Voice ovozli servisi va Project Fi virtual operatorlari yordamida amalga oshiriladigan barcha qo‘ng‘iroqlarni bepul qildi. “Biz insonlar o‘z yaqinlari bilan aloqada bo‘lishlariga yordam berish maqsadida dunyoning istalgan burchagidan Hangouts, Google Voice va Project Fi orqali Fransiyaga amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlarni bepul qildik ”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan tashqari kompaniya tarmoqda Nitstsa va uning yaqinida bo‘lgan kishilar uchun fransuz hukumati tomonidan yangilangan Google Now xaritasini joylashtirdi.
14 iyulda Fransiyaning milliy bayrami sifatida nishonlanadigan Bastiliyaning olinishi kuni mamlakat tarixida eng musibatli kunlardan biri sifatida esda qolsa kerak. Shu kuni Nitstsada yuk mashinasi ko‘chada bayramni nishonlash uchun to‘plangan odamlarning ustidan bosib ketgan. Oqibatda kamida 84 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 120 dan ko‘proq odam jarohat olgan.
Fransiya prezidenti bu hujumni terakt deb ta'kidladi. Uni asli kelib chiqishi tunislik bo‘lgan 31 yoshli fransuz amalga oshirgani ma'lum bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, terrorchi avval ham politsiya nazariga tushgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026