Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya havo kengligi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng to‘liq yopildi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat havo kengligi davlat to‘ntarishiga urinish tufayli to‘liq yopilganligini ma'lum qildi.
“Mamlakat havo bo‘shlig‘i to‘liq yopildi. Biz qurolli kuchlarimiz ruxsatisiz parvoz qilgan har qanday samolyotni urib tushiramiz. Biz yerda va havodagi o‘t ochishlarga javob qaytaramiz”, - dedi Yildirim NTV telekanaliga.
U, shuningdek, ayrim tashviqotchilar davlat to‘ntarishiga qarshi chiqqanlar orasida turli portlashlar sodir etayotganini ham ma'lum qildi.
“Odamlarimizga qarata bombalar otayotganlar bor”, - degan bosh vazir.
Mavzuga oid
10:18 / 09.04.2026
Turkiyada yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026