Jahon | 07:15 / 19.07.2016
6012
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri 19 iyulda AQShga tashrif buyuradi

Google image

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu 19 iyul, seshanba kuni Vashingtonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deb xabar bermoqda Star turk agentligi.

Ta'kidlanishicha, Chovusho‘g‘luning AQShga tashrifining asosiy sabablaridan biri AQShdan Turkiyaga mamlakatda harbiy to‘ntaruvga urinishni tashkillashtirishda ayblanayotgan muxolif imom Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha muzokaralar bo‘ladi.

Avvalroq Turkiya prezidenti mamlakat hukumati bir necha kun ichida AQShga Gulenning berilishi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishini aytgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid