Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya TIV: Turkiyadagi favqulodda holat avtoritarizmni kuchaytirishi mumkin
Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurtsning fikricha, Turkiyada favqulodda holat joriy qilinishi avtoritarizmning kuchayishiga olib kelishi mumkin. U, shuningdek, Turkiyaning Venadagi elchisi mamlakat tashqi ishlar mahkamasiga chaqirilganini bildirgan.
"Favqulodda holat tartibi prezidentning ko‘proq vakolatlarga ega bo‘lishiga olib keladi va shu bois, yanada ko‘proq avtoritar harakatlar amalga oshirilishidan xavotirdamiz", - degan Kurts. "Shuning uchun biz elchini chaqirdik", - deya izoh bergan tashqi ishlar vaziri.
Uning aytishicha, Avstriya tashqi ishlar vazirligi "voqealar qaysi tomonga rivjlanishini tushunishni xohlaydi".
Bundan tashqari, Avstriya tomoni mamlakatda istiqomat qiluvchi minglab turklarning namoyishiga Turkiya hukumati turtki berganidan noroziligini bildirgan.
"Bizda Venadagi namoyishlar bevosita Turkiyadan turib tashkil etilganiga oid ma'lumotlar bor. Buni qabul qila olmaganimiz uchun, -degan Kurts, - norozilik bildirmoqchimiz".
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026