Jamiyat | 11:08 / 21.07.2016
14603
2 daqiqa o‘qiladi

Van Gog qulog‘ini kesib qaysi qizga jo‘natgan edi: oydinlashgan haqiqat

Hollandiyalik mashhur rassom Van Gog qulog‘ini kesib, qaysi qizga jo‘natgani oradan 130 yil o‘tib ma'lum bo‘ldi. Bu haqda The Art Newspaper nashri yozmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, qizning ismi Gabriel Berlate bo‘lib, fermerning qizi bo‘lgan. U bordelda ishlagan.

 “Hozirgacha mashhur rassomning qulog‘ini yoki biror bir yengiltak ayol yoki bordelda ishlaydigan o‘sha qiz qabul qilib olgan”, - deb yozadi nashr. 

Ma'lum bo‘lishicha, nashr jurnalistining ushbu mavzuga qo‘l urishiga o‘tgan hafta Bernadett Merfi muallifligi ostida chiqqan “Van Gogning qulog‘i: Haqiqiy tarix” kitobi sabab bo‘lgan.

Qizning ismi Parijdagi Paster instituti qaydnomalarida uchraydi. U 1888 yilda it qopishi oqibatida quturishdan ana shu shifoxonaga yotqizilgan. Ma'lum bo‘lishicha, qiz bu yerga Parijdagi Arl shahridan kelgan. Unga bu yerda quturishga qarshi yangi vaksina berishgan va qiz tuzalib ketgan.

Qizning davolanishi qarzga tushadi va uning oilasi bordelda ishlashiga to‘g‘ri keladi. U bordelda xizmatkor vazifasida ishlay boshlaydi.
Aynan o‘sha qiz - Gabriel Berlatega ruhiy azob chekayotgan Van Gog o‘z quloqlarini kesib jo‘natadi.

Ma'lum bo‘lishicha, Berlate keyinroq turmushga chiqadi va uzoq umr kechiradi. U hayoti davomida hech qachon Van Gog bilan uchrashmagan.

Mavzuga oid