Fransiya hukumati Van Gog qabrini qazişga uringan belaruslik rassom Aleksey Kuzmiçdan Yevropa Ittifoqini tark etişni talab qildi. Bu haqda 2 avgust, juma kuni rassom Facebook-akkauntida e’lon qilingan Val-dʼUaz prefekturasi migratsiya va integratsiya boşqarmasining 31 iyuldagi xabarnomasida aytiladi.

Hujjatga köra, Kuzmiç «darhol» Yevropa Ittifoqi hududini tark etişi va öz fuqaroligi bölgan mamlakatga (ya’ni, Belarus) yoki qonuniy ravişda kirişi mumkin bölgan boşqa har qanday mamlakatga qaytişi kerak. Agar u bu talabni bajarmasa, Belarusga deportatsiya qilinadi. 

Bundan taşqari, rassom hamkorlarining sözlariga köra, u 3000 yevro jarima va bir oy şartli qamoq jazosiga hukm qilingan, şuningdek, ikki yilga Fransiyaga kiriş taqiqlangan. Hozirda Aleksey Kuzmiç Parij yaqinidagi Le Menil-Amlo ma’muriy hibsga oliş markazida, deyiladi postda. 

Naşr etilgan hujjatda aytilişiça, Kuzmiç ikki oy oldin Fransiyaga Polşa vizasi bilan Belarus pasportidan foydalangan holda kirgan, agar u vataniga qaytsa, jazolanişi yoki huquqlari çeklanişi mumkinligi körsatilmagan. 

Bu rassomning Fransiyada birinçi marta uşlanişi emas 

Aleksey Kuzmiç 29 iyul, niderlandiyalik rassomning tuğilgan kunida Fransiyaning Over-syur-Uaz kommunasidagi qabristonda Vinsent van Gog qabrida performans uyuştirdi. U elektron qurilmani işga tuşirdi va Van Gogning qabrini qazişni boşladi hamda «Rassom, tur!» deya baqirdi. Aksiya vaqtida belarus politsiya tomonidan qölga olingan. 

2021 yil aprel oyida Kuzmiç qölida yonayotgan şişa bilan Yelisey saroyiga kirmoqçi bölganida uşlangan edi. Bir kun oldin Instagram’da aksiyaçi Emmanuel Makronni Aleksandr Lukaşenko bilan soliştirib, Fransiya prezidentiga «haqiqiy qudratli qon tökuvçiga aylaniş» uçun «bir muhim xususiyat, ya’ni möylov kerak» degan fikrni bildirdi.

Kuzmiçga nisbatan Belarusda jinoyat işi qözğatildi 

Kuzmiç 2020 yilda saylov uçastkasida siyosiy çiqişlar ötkazgani va saylovdan keyingi norozilik namoyişlarida qatnaşganidan söng Belarusni tark etgan, deb yozadi «Zerkalo». 2023 yilning yozida u yangi pasport oliş va haydovçilik guvohnomasini almaştiriş uçun Minskka qaytib keldi. U yerda Aleksey köprikda «Tranzit» aksiyasini ötkazdi. U öz harakatini mamlakatdan çiqib ketganidan söng e’lon qilgan videoga oldi.