Jahon | 08:57 / 22.07.2016
11829
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiyada yana davlat to‘ntarishi bo‘lishi mumkinligiga oydinlik kiritdi

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning fikricha, mamlakatda yangi davlat to‘ntarishi bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

Erdo‘g‘an, endilikda, hukumat bu kabi voqealarga doimo shay turishini aytar ekan, razvedka bo‘lib o‘tgan isyonda bir nechta xatolarga yo‘l qo‘yganini ta'kidladi. 

«Razvedkadagi jiddiy kamchiliklarni yashirish va rad etishdan ma'ni yo‘q», — degan Turkiya yetakchisi.

Prezidentning so‘ziga ko‘ra, yangi davlat to‘ntarishi ro‘y bergudek bo‘lsa, uning ishtirokchilari katta qiyinchiliklarga duch keladi, chunki turk hukumati «yanada hushyor bo‘lgan».

Avvalroq, Turkiya hukumati Moliya vazirligi va Markaziy bankdagi «tekshiruvlarni 2-3 marta ko‘proq o‘tkazish» rejasini bildirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid