Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID Iroq hududining 10 foizdan kamrog‘ini nazorat qiladi
IShID terrorchi guruhi bugungi kunda Iroq hududining 10 foizdan kamrog‘ini nazorat qiladi, avval esa mamlakatning 40 foizi uning nazoratida bo‘lgan. Bu haqida arab davlati mudofaa vaziri Holid Al-Obidiyning so‘zlariga asoslanib, RIA "Novosti" ma'lum qildi.
"Bugungi kunda IShID Iroqning 10 foizdan kamroq hududini nazorat qilmoqda, ilgari esa mamlakatning 40 foizi ushbu terrorchi guruh nazoratida bo‘lgan", - deb yozgan Al-Obidiy o‘zining Twitter'dagi sahifasida. U Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan IShID bilan kurashishga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etmoqda.
O‘tgan yilning oxirida IShID jangarilari yirik Ar-Ramadiy shahrini qo‘ldan boy berishdi. 2016 yilning iyun oyi oxirida Iroq armiyasi IShID jangarilarining tayanch punkti bo‘lgan Al-Fallujani qo‘lga kiritishdi. Hozirda Iroq qurolli kuchlari Iroqning shimolidagi eng yirik Mosul shahrini qo‘lga olishga tayyorlanishmoqda.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026