Jahon | 17:18 / 22.07.2016
5081
1 daqiqa o‘qiladi

Olland: Fransiya IShIDga qarshi kurash uchun Iroqqa artilleriya jo‘natadi

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning ma'lum qilishicha, u Iroq harbiylarining IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashiga yordam tariqasida avgust oyida artilleriya jo‘natishni rejalashtirmoqda.

«Men IShIDga qarshi kurash doirasida Iroq armiyasiga artilleriya yetkazib berishga qaror qildim. Ular keyingi oyda o‘z joylariga yetkaziladi», — dedi Olland.

U shuningdek, sentabr oyida jangarilarga qarshi kurashishida xalqaro koalitsiya izmida «Sharl de Goll» aviatashuvchisi ham bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid