Jamiyat | 13:48 / 23.07.2016
5603
1 daqiqa o‘qiladi

Fyodor Konyuxov havo sharida jahon rekordini yangiladi

Rossiyalik sayyoh Fyodor Konyuxov havo sharida dunyo bo‘ylab sayohat qilish rekordini yangiladi, u 11 kundan ko‘proq vaqt ichida yer sayyorasini aylanib chiqdi, deb xabar qilmoqda ABC telekanali.

64 yashar Konyuxov o‘z sayohatini 12 iyul kuni Avstraliyaning g‘arbiy sohilida havoga ko‘tarilishdan boshlagan edi. U, Yer sharini 13 kunda aylanib chiqqan  amerikalik Stiv Fossetning rekordini yangilash niyatida edi. 

23 iyulda Konyuxov yangi jahon rekordi qayd etilishi uchun lozim bo‘lgan nuqtani kesib o‘tgan. Biroq, rossiyalik oldida yana bir mushkul vazifa turibdi. U, yarim tungacha yerga qo‘nishi kerak. Konyuxovning o‘g‘li va jamoasining a'zosi otasining erishgan natijasini “mo‘'jiza”ga qiyoslagan.

"Morton" kompaniyalar guruhi mazkur loyiha bosh homiysi va tashkilotchisi hisoblanadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid