Tojikistonning Xöjand şahrida kuçli şamol oqibatida havo şari nazoratdan çiqib, bir neçta uylarning tomiga quladi, oqibatda uç kişi jarohatlandi. Hodisa 1 iyun kuni keçqurun Kamoli Xöjandiy nomidagi teatr yaqinida sodir bölgan.

Ta’kidlanişiça, havo şari Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan mahalliy «Farovon» kompaniyasi tomonidan Özbekistondan keltirilgan.

Xöjanddagi 1-şahar şifoxonasining ma’lum qilişiça, hodisa sodir bölganidan söng, ikki kişi - 46 yoşli Özbekiston fuqarosi Rustam Saydaliyev va Xöjand şahrida yaşovçi 40 yoşli Firuza Tursunova keltirilgan. Saydaliyev havo şari içida bölgan va uni uşlab turuvçi zanjir uzilganidan keyin yerga qulagan.

Uzilgan zanjir yerda turgan Tursunovani jarohatlagan. Hozir u şahar şifoxonasining nevrologiya bölimida davolanmoqda. Manbalarga köra, uning 10-11 yoşlardagi qizi ham hodisa joyida bölgan va yengil tan jarohatlari olgan.

Xöjand şahridagi Aminjon Rasulov köçasida yaşovçi, havo şarining qulaşi oqibatida uylarining tom qismiga zarar yetgan ikki nafar fuqaroning aytişiça, «Farovon» kompaniyasi xodimlari ustalarni olib kelib, yetkazilgan zararni bartaraf etgan.