Jahon | 17:41 / 23.07.2016
7474
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada harbiy isyon sabab qo‘lga olinganlardan mingdan ortig‘i qo‘yib yuborildi

Turkiya hukumati, davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng qamoqqa olgan 1,2 ming harbiy xizmatchini ozod qildi, deya ma'lum qilgan Anqara prokurori Xarun Kodalak.

Frans Press agentligining aniqlik kiritishicha, ularning barchasi oddiy askarlardir. 

Turkiya poytaxti prokurorining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati ushlanganlarning qaysi biri o‘q uzgani, qaysi biri otmaganini tezroq aniqlash borasida ish olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid