Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi cherkovga uyushtirilgan hujum natijasida ruhoniy halok bo‘ldi
Foto: EPA
Fransiya shimolidagi cherkovga hujum uyushtirgan ikki noma'lum shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida mamlakat IIVning rasmiy vakili xabariga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi.
Garovga olingan kishilar ozod qilingan. Ulardan biri halok bo‘lgan.
“Ruhoniy jinoyatchilar tomonidan o‘ldirilgan. Garovga olinganlarning biri jarohatlangan”, - deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda IIV rahbari Bernar Kaznev Sent-Eten-de Ruvrega yo‘l olishgan.
26 iyul kuni Sent-Eten-de Ruvre shaharchasidagi cherkovga pichoq bilan qurollangan ikki noma'lum shaxs kirib, 5 nafar kishini garovga olgan, ularning 3 nafari cherkov xodimi va 2 nafari tinch aholi vakili bo‘lgan. Cherkovda faoliyat ko‘rsatuvchi rohibalardan biri u yerdan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan shu rohiba ro‘y bergan voqea yuzasidan politsiya xodimlariga xabar bergan.
Mavzuga oid
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
13:22 / 23.03.2026
O‘zbekiston Fransiya bilan qo‘shma agrar tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqchi
10:54 / 23.03.2026