Jahon | 14:23 / 28.07.2016
17187
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada mashhur mehmonxonalar tarmog‘ining egalari qo‘lga olindi

Turkiyaning Alanya shahrida Delphin Hotels mehmonxonalar tarmog‘i xo‘jayinlari qo‘lga olindi. Turizmdebusabah saytining xabar qilishicha, Tolga va Alper Jo‘mardo‘g‘lilar 15 iyul kechasi amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. 

Foto: Turizmdebusabah

Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohillarida joylashgan Delphin Hotels tarmog‘i, ko‘p yillar mobaynida xorijlik sayyohlarning ishonchiga sazovor bo‘lib ulgurgan. Mehmonxonalar «hammasi ichida» tartibida ishlaydi. 33 yil avval asos solingan tarmoq tarkibida 7ta mehmonxona bo‘lib, o‘rinlar soni 10 mingtani tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid