Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maltaliklar 810-ot kuchiga ega elektr trisikl ishlab chiqadi
Maltaning Valene Motors kompaniyasi Black Mamba elektrli trisiklni seriyali ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Sportkarning eng qimmat rusumi «810 ot kuchidan kam bo‘lmagan» quvvatga ega bo‘ladi.
Black Mamba gabarit uzunligi 3,71 metrni, eni — 1,98 metrni, balandligi — 1,10 metrni tashkil etadi. U po‘lat rama negizida yasaladi, kuzov panellari kompozit materiallardan ishlab chiqiladi.

Trisiklning birinchi to‘plami 107-quvvatli elektr motor bilan jihozlanadi. Buning evaziga mashina soatiga 100 km tezlikka 4,2 soniyada erishadi. Biroq, hozircha, Black Mamba trisiklining eng kuchli namunasiga oid ko‘rsatkichlar e'lon qilinmagan.
Sportkarga 15, 30 yoki 50 kilovatt-soat hajmli batareyalar o‘rnatiladi. Ular 180, 310 va 500 kilometrni masofani bir marta quvvatlangach, bosib o‘tish imkonini beradi.
Ayni vaqtda, Black Mamba prototipi yakuniy bosqichda turibdi. Ularni 2017 yildan ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Uning narxi 35 ming yevrodan boshlanishi xabar qilinmoqda.


Mavzuga oid
23:20 / 24.05.2021
Malta YeIda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetga erishgan mamlakatga aylandi
22:31 / 10.04.2021
Malta hukumati yozda mamlakatga keladigan turistlarga 200 yevrodan berilishini va'da qilmoqda
17:48 / 20.10.2020
Yevrokomissiya YeI fuqaroligini sotgan Kipr va Maltaga nisbatan surishtiruv boshladi
19:14 / 07.07.2019