Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malta hukumati yozda mamlakatga keladigan turistlarga 200 yevrodan berilishini va'da qilmoqda
2019 yilda Maltaga 2,7 million nafar xorijlik turist kelgan bo‘lsa, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon ko‘rsatkichlar 80 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi.
Koronavirus pandemiyasi sababli turizm sohasi katta jabr ko‘rgan Malta hukumati orolga yozda hech bo‘lmasa uch kunga keladigan xorijlik turistlarga 200 yevrodan to‘lashga tayyor, deb yozadi Reuters.
Malta turizm vaziri Kleyton Bartoloning so‘zlariga ko‘ra, besh yulduzli mehmonxonadan joy olgan turistlarga hukumat 100 yevro, mehmonxona 100 yevro beradi. To‘rt yulduzli mehmonxonani band qilganlar jami 150 yevro, uch yulduzli mehmonxonaga joylashganlar 100 yevro oladi.
Mamlakat rag‘batlantiruvchi choralar orqali 35 ming nafar turistni jalb etmoqchi. 2019 yilda Maltaga 2,7 million nafar xorijlik turist kelgan bo‘lsa, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon ko‘rsatkichlar 80 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi.
Mamlakat iqtisodiyotida turizmning ulushi 27 foizni tashkil etadi.
Malta apreldan cheklov choralarini yumshatishni boshladi va 1 iyungacha aksariyat cheklovlarni bekor qilmoqchi. Mamlakat aholisining 42 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlab bo‘lindi.
Mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar keskin kamaygan.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026