Sport | 05:47 / 07.08.2016
22555
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jamoasi a'zosi Rioda ilk medalni qo‘lga kiritdi

Rio Olimpiadasining dzyudo bo‘yicha dastlabki kun bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Shunisi quvonarliki, bu bahslarda O‘zbekiston termasi a'zosi Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Diyorbek bronza medali uchun o‘tish bellashuvida braziliyalik Felipe Kitadini mag‘lub etgach, navbat gruziyalik Amiran Papinashviliga keldi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv o‘zbekistonlik sportchining g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Rio Olimpiadasida ilk medalni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun. Diyorbek O‘rozboyev 1993 yilning 17 avgust kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tavallud topgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Murabbiylari: Jamshid Xudoyberganov va Vyacheslav Pereteyko.

Mavzuga oid