Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Riodagi G20 sammitida ocharchilikka qarshi ittifoq tuziladi
G20 sammitini ochar ekan, Braziliya prezidenti Lula da Silva ocharchilik va qashshoqlikka qarshi kurash bo‘yicha global alyans tuzilganini e’lon qildi.
Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitida ocharchilik va qashshoqlikka qarshi global alyans tuziladi. Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 18 noyabr, dushanba kuni tadbirni ochar ekan: «Ocharchilik va qashshoqlik tanqislik yoki tabiiy hodisalar natijasi emas», dedi. Uning fikricha, bu insoniyatning katta qismi manfaatlarini istisno qiluvchi siyosiy qarorlar natijasidir.
Ocharchilik «insoniyatni sharmanda qiladigan dog‘dir», deya qo‘shimcha qildi Braziliya prezidenti. Bu tashabbus Braziliyaning G20'da raisligi asosiy mavzularidan biridir. Uning doirasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish va tegishli chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish kutilmoqda.
«Bu bizning asosiy merosimiz bo‘ladi», dedi Lula da Silva. U ocharchilik va qashshoqlikka qarshi kurash dunyo tinchligini o‘rnatishning zaruriy sharti ekanini ta’kidladi. Amerikalararo taraqqiyot banki tashabbusga 25 milliard dollar va’da qilgan.
Putin G20 sammitiga kelmadi
Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 davlatlari yetakchilari ishtirokidagi ikki kunlik yig‘ilishda xalqaro institutlarning zarur islohotlari, iqlimni muhofaza qilish, Ukraina va Yaqin Sharqda tinchlikka erishish masalalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.
Rio-de-Janeyroda Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vakillik qilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelmadi.
Mavzuga oid
12:21 / 21.11.2025
G20 JARda: sammit Tramp, Si va Putinsiz start olmoqda
20:58 / 13.11.2025
Tramp va Putin ortidan Si ham G20 sammitiga borishdan bosh tortdi
12:24 / 08.11.2025
Tramp JARdagi G20 sammitiga boykot bilan tahdid qilmoqda
09:10 / 20.11.2024