Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zLiDeP Yosh tadbirkorlar va fermerlar forumiga chorlamoqda
Avval xabar berganimizdek, 2016 yil 10 avgust kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oya ostida Yosh tadbirkorlar va fermerlar Forumi o‘tkazilmoqda. Mazkur forumning asosiy maqsadi yosh tadbirkorlar va fermerlar qo‘lga kiritayotgan yutuqlarni targ‘ib qilish, ularni yangi marralarga undash va ular uchun muloqot maydonini yaratishdan iborat.
Forum doirasida kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ilg‘or tadbirkorlar va fermerlar ishtirokidagi master-klasslar, yangi biznes g‘oyalar va loyihalarning taqdimotlari, fotoko‘rgazmalar tashkil etiladi. Tadbirlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari rahbarlari, respublikaning turli hududlaridan 300 nafarga yaqin yosh tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etishadi.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026