Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
900 million Android-qurilma xavf ostida qoldi
Foto: Globallookpress.com
Kiberxavfsizlik sohasida faoliyat olib boruvchi Check Point kompaniyasi mutaxassislari Android platformasida kamchilik topishdi. Taxminlarga ko‘ra, 900 million smartfon va planshetlar xavf ostida. Bu haqida 8 avgust kuni The Independent nashri ma'lum qildi.
Yovuz niyatli kimsalar Quadrooter nomini olgan kamchilik yordamida Android-qurilmalarni to‘liq buzib kirishlari mumkin. Boz ustiga, ular smartfon va planshetlardan nafaqat ma'lumot olish, balki kamera va mikrofonni ham boshqarish imkoniga ega bo‘lishlari mumkinligi ta'kidlanmoqda.
Kamchilikdan yomon niyatda foydalanish uchun buzg‘unchilar gadjyetda maxsus ilova o‘rnatishsa, bas. Shu maqsadda ular qurilma egalariga zarar yetkazuvchi havolalar jo‘natishadi.
Check Point vakilining qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik borasidagi bunday muammolar Qualcomm kompaniyasining chipi qo‘llaniladigan smartfon va planshetlarda topilgan.
Qualcomm'da ma'lum qilishlaricha, kamchilikni bartaraf etadigan patch ishlab chiqilgan. Google'ning keyingi yangilanishida uning paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi
10:26 / 17.03.2023
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
10:14 / 13.01.2023
Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
10:43 / 04.01.2023