Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘z hamyurtlarining qotilligida gumon qilinib o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Rossiyaning Kaluga politsiyachilari Tverda "qaynoq izlar" bo‘yicha ikki ayolni o‘ldirishda gumon qilinayotgan, O‘zbekistonning 25 yoshli fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar berilmoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasida.
Viloyat bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi o‘zining 22 yoshli tanishi va uning 45 yoshli onasini ularnikiga mehmonga kelganda o‘ldirgan. Ayollar ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
"To‘satdan yuzaga kelgan mojaro oqibatida yonida pichog‘i bo‘lgan gumonlanuvchi jabrlanuvchilarga ko‘plab tan jarohatlari yetkazgan. Buning natijasida ikkala ayol ham voqea joyida jon bergan", deyildi xabarda.
Jinoyatchi Tver viloyati hududi qo‘lga olingan.
Ushbu jinoyat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining "Ikki yoki undan ko‘proq shaxsni o‘ldirish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, jinoyatchi umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
17:59 / 11.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda 155 mingdan ortiq jinoyat qayd etildi
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
12:49 / 02.01.2026
Toshkentda yerosti yo‘lida telefon olib qochgan shaxs ushlandi
14:56 / 17.12.2025