Jahon | 11:34 / 15.08.2016
6691
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda qirq kishi jabrlandi

Foto: Twitter/JeremyDjian

Fransiyaning Moviy sohillarida feyyerverkdan so‘ng yuzaga kelgan vahima sabab ur-to‘polon yuz bergan. Buning oqibatida 40 kishi jabrlangan. France Bleu radiosining xabar qilishicha, feyyerverkning portlashi olomonda qo‘poruvchilik fikrini uyg‘otgan.

Xabarlarga ko‘ra, 14-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 22:30da Fransiyaning Juan-le-Pen kurort shahrida vujudga kelgan tartibsizlikka mashinadan uloqtirilgan feyyerverk sabab bo‘lgan. 

Politsiya hodisa hujum emasligini tasdiqlab, biroq surishtiruv ishlarini davom ettirayotganini ma'lum qilgan. 

Mahalliy nashrlardan birining yozishicha, odamlar ko‘chalarda yugurib, yaqin oradagi restoran va barlardan boshpana izlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid