Jahon | 20:13 / 18.08.2016
9580
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyadagi teraktlarni muvaffaqiyatsiz chiqqan isyon uchun qasos deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 18 avgust kungi teraktlarni o‘tgan oydagi davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘ladi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

"Bu teraktlar 15 iyul uchun qasosdir", degan u.

Erdo‘g‘an bu haqda islom dunyosi nodavlat tashkiloti ittifoqi yig‘ilishi vaqtida aytib o‘tgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bugun Turkiya sharqidagi Elyazig shahrida ro‘y bergan portlashlar oqibatida 217 kishi jarohatlangan va 3 kishi halok bo‘lgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid