Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda jarima solish uchun antiqa sabablar o‘ylab topilmoqda
Xitoyning Shandun viloyatidagi sayyohlik firmasi, xodimlariga noyob usulda jarima solgani to‘g‘risida xabar qilinmoqda. «Beytszin tsinnyan bao» nashrida yozilishicha, firma rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlariga e'tibor bermaganlar tovon to‘lagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sayyohlik firmasi xodimlarining gazetaga ma'lum qilishlaricha, ular har kuni tongda firma rahbarining Xitoydagi eng mashhur ijtimoiy tarmog‘i Weibo’da qoldirgan so‘zlarini o‘qib, unga izoh qoldirishgan.
Bunga e'tibor bermaganlarni esa jarima bilan jazolashgan. Xususan, 14-avgust kuni 200 nafar xodimning har biriga 50 yuan (6,5 dollar)dan jarima solingan. Bundan tashqari, direktor ularga firma belgisi tushirilgan libos bilan olingan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni talab qilgan.
Advokatning aytishicha, Xitoy qonunlariga ko‘ra, faqatgina Davlat hokimiyati fuqarolarga jarima solish huquqiga ega. Shunga binoan, sayyohlik firmasi xodimlari huquq idoralariga murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
10:45 / 17.06.2026