Texnologiya | 20:04 / 18.08.2016
8979
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada KAMAZ elektrobusi sinovi o‘tkazilishi boshlandi

Joriy hafta boshida Moskva shahrida KAMAZ elektrobusi tajribaviy sinovdan o‘tkazilishi boshlandi. Sinovlar 2 oy davom etadi.

«Mosgortrans» matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, elektrobusning tajribaviy modeli KAMAZ-6282 nomini olgan. Salonda 25 yo‘lovchi uchun o‘rindiq mavjud. Uning umumiy sig‘imi 85 kishi.

Sinovlar yakunlangach, «Mosgortrans» mutaxassislari KAMAZ konstruktorlari va muhandislariga modelni yanada yaxshilash, qulay va xavfsiz qilish borasida yordam ko‘rsatishadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid