Joriy yil oktyabr oyida “Toşşahartransxizmat” AJga 200 ta yangi 12 metrli elektrobuslar keltirilişi rejalaştirilgan. Poytaxtda qöşimça törtta yangi avtobus yönalişini taşkil etiladi.
2026 yilda Toşkent şahri uçun qöşimça mingta yangi avtobus sotib olinişi közda tutilgan. Ulardan 30 tasi öta katta siğimli (18 metr), 500 tasi katta siğimli (12 metr), 470 tasi örta siğimli (9 metr) bölgan zamonaviy avtobus va elektrobuslar böladi.

Mazkur avtobuslar Toşkent şahri yönalişlari tarmoği, aholi punktlari va yangi turar joy obektlaridan kelib çiqqan holda 48 ta yönalişda brutto-şartnoma asosida harakatlanişi ta’minlanadi.
Toşkent şahriga kelişi kutilayotgan yangi avtobuslar va elektrobuslar uçun uçta zamonaviy avtosaroyni yönalişlar kesimida nolinçi masofaga yaqin bölgan (Yangi Toşkent) yer maydonlaridan ajratiş rejalaştirilgan. Yuqoridagi maqsadlar amalga oşişi natijasida Toşkent şahrida jami 2 891 ta avtobus harakatlanadi, örtaça qatnov davomiyligi örtaça 30 daqiqani, yillik taşiladigan yölovçilar 750 million nafarni taşkil etadi.
Bundan taşqari, poytaxtda turizm köçalarini boğlovçi tungi vaqtda harakatlanadigan jamoat transporti yölga qöyiladi. Turizm köçalari orqali 15 ta tungi avtobus yönalişi taşkil etilib, şaharning aeroport, temiryöl vokzallari, metro bekatlari, savdo va köngiloçar markazlari, yirik iş joylari, talabalar yotoqxonasi va şifoxonalar orqali harakatlanadi.
Turizm yönalişlarining iş tartibi keçki 22:00 dan 06:00 gaça bölib, jami 54 ta avtobus harakatlanişi rejalaştirilgan.


















