Sport | 22:38 / 19.08.2016
12422
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. Shahobiddin Zoirovning finaldagi raqibi rossiyalik Misha Aloyan bo‘ladi

Rio—2016 ning 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida yana bir yarim final jangi o‘tkazildi. Bu jangda biroz oldinroq finalga chiqqan o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirovning raqibi aniqlandi.

Rossiya sharafini himoya qilayotgan Misha Aloyan xitoylik Xu Tszyanguanni 3:0 (28:28, 29:28, 29:28) hisobida yengib, final masalasini hal qildi.

Endi bu vazn toifasida g‘olibni aniqlash uchun 21 avgust kuni Misha Aloyan va Shahobiddin Zoirov o‘rtasida jang o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid