Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya diplomati: Anqara 2023-yilgacha YeIga kirish niyatida
Turkiya YeI bilan turli fikrlarga ega bo‘lishiga qaramay, kamida 6 yil, ko‘pi bilan 2023-yildan kechikmasdan tashkilotning teng huquqli a'zosiga aylanishni rejalashtirayapti. Bu haqda, mamlakatning YeIdagi doimiy vakili Salim Yenel Germaniyaning Die Welt nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
"Turk hukumati 2023-yilgacha tashkilotga a'zo bo‘lmoqchi", - degan u.
Yenelning aytishicha, 2023-yili Turkiya jumhuriyatining yuz yilligi tantana qilinadi. "YeIga a'zo bo‘lish Turkiya uchun juda katta yutuq bo‘lar edi".
Uning tan olishicha, ayni vaqtda "YeI va Turkiya o‘rtasida chuqur ishonchsizlik hukm surmoqda". "Biz barcha 72ta bandni bajargan taqdirda ham YeI turklar uchun vizalarni bekor qilishiga shubha qilayapmiz. Biz, Bryusselning kelishuvga rioya etishi borasida YeIning kafolatini olishni istaymiz", - degan Yenel.
Uning qayd etishicha, YeI va Anqara hozir ham o‘zaro vizalarni liberallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin.
"Biz bu borada ortga surishni xohlamaymiz. Buni 2017-yilda amalga oshirish maqsadga muvofiq emas", -deb qayd etgan diplomat.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026