Jahon | 18:42 / 19.08.2016
14780
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Ahmad Dovudo‘g‘lining "o‘ng qo‘li" ushlandi

Turkiyada Ahmad Dovudo‘g‘li bosh vazir bo‘lgan mahalda TIV qoshidagi maxsus maslahatchi hamda kotib hisoblangan diplomat Gurjan Balik qo‘lga olindi. Bu haqda ARA xabar bergan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Balik Anqara prokuraturasi tomonidan FETÖ nomi ostida olib borilayotgan tadbir doirasida qo‘lga olingan.

Balik 2008-2011 yillarda kotib, 2011-2013 yillarda maxsus maslahatchi, 2013 yilning yanvar-avgust oylarida YuNeSKOdagi BMT maxsus vakili sifatida ishlagan. 2013 yilning avgustida u prezident ma'muriyatida tashqi siyosat bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimiga tayinlangan. 2014 yilning 15 avgustida esa Tashqi siyosat konsultativ kengashi a'zosiga aylangan. U bu lavozimdan 2016 yilning yanvarida olingandi.

Qayd etilishicha, u Turkiyaning sobiq bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining "o‘ng qo‘li" edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid