Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada FETÖ’ning 320 tarafdoriga umrbod qamoq jazosi berildi
Turkiyadagi sudlar muxolifatchi Fathulloh Gulenning oqimi (FETÖ) tarafdorlari ishini ko‘rishda davom etmoqdalar.
Bugungi kungacha Turkiyada Gulenning 320 tarafdori 2016 yil 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishdagi ishtiroki uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Ulardan 147 nafari jazoni qattiq tartibdagi turmalarda o‘taydilar.
Sudlanuvchilar orasida katta zobitlar, jumladan generallar bo‘lgan.
Bundan tashqari, Turkiyada to‘ntaruv kuni huquq-tartibot idoralari xodimlariga isyonchilarga qarshi turishga qarshilik ko‘rsatgan va aholini bo‘ysunmaslikka chaqirgan shaxslar sudlangan.
Shuningdek, sobiq gubernatorlar, munitsipalitet rahbarlari, oliy ta'lim muassasalari rektorlari ham turli muddatdagi qamoq jazolariga tortilganlar.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026