Sport | 15:49 / 20.08.2016
38419
3 daqiqa o‘qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi begona emas: revansh munosib olinadimi?

Rio Olimpiadasining bugungi, 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan bahslarida 75 kg vazn toifasida O‘zbekiston bokschisi Bektemir Meliqo‘ziyev final uchrashuvida kubalik sportchi Lopez Arlen bilan ringga ko‘tariladi.

Bektemir Olimpiada o‘yinlari doirasida bungacha 1/8 final bosqichida avstraliyalik Deniel Lyuisni, chorak finalda hindistonlik bokschi Vikas Krijanni, yarim finalda esa meksikalik Misael Rodrigesni mag‘lub etdi va finalga chiqdi.

Bektemir Meliqo‘ziyev 1996 yilning 8 aprel kuni Farg‘onada tug‘ilgan.

Bektemir o‘z faoliyatini havaskorlik boksidan boshlagan. 2014 yilning yanvar oyida havaskor bokschilar o‘rtasida o‘tgan Osiyo chempionatida 69 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Osiyo chempioni, xuddi shu yilning aprel oyida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 69 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida jahon chempioni va 2014 yilning avgust oyida yoshlar o‘rtasida o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 69 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida chempion bo‘lgan.

2014 yilda esa 75 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston, 2015 yilda esa Osiyo chempioni bo‘lgan. 2015 yilgi jahon chempionatida esa finalga qadar yetib borgan va o‘sha bahsda kubalik Arlen Lopezga mag‘lub bo‘lgan.

Uning raqibi kubalik bokschi Arlen Lopez 1993 yilning 21 fevral kuni Kubaning Guantanamo shahrida tug‘ilgan. 2015 yilgi jahon chempioni. Milliy chempionatning bir necha bor sovrindori.

U Rio Olimpiadasidagi bahslarda dastlab vengriyalik sportchi Z. Xarjani,chorak finalda esa fransiyalik K. Mbelleni va yarim final bahsida ozarbayjonlik bokschi Kamron Shohsuvorlini mag‘lub etdi.

 Bektemir Meliqo‘ziyev avstraliyalik bokschini yengib, chorak finalga chiqdi
Bektemir Meliqo‘ziyev hindistonlik bokschini yengib, yarim finalga chiqdi 
Bektemir Meliqo‘ziyev finalga chiqdi

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid