Jahon | 20:07 / 20.08.2016
6572
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada tabibning 70 nafar mijozining o‘limi yuzasidan tergov olib borilmoqda

Foto: © Flickr

Germaniyada 70 nafar saraton bilan kasallangan bemorning o‘zini tabib deb hisoblovchi kimsaning shifoxonasida davolangandan keyin vafot etishi yuzasidani tergov olib borilmoqda, deb xabar bermoqda WDR teleradiokompaniyasi.

Shifoxonada Germaniya, Belgiya va niderlandiyalik bemorlar davolanishgan. Davolash kursi 10 ming dollar turgan. Shifoxonada davolashda odamlarga ta'siri yaxshi o‘rganilmagan dori vositalari qo‘llangan. Dori vositalarining salbiy ta'sirlari, samaradorligi noma'lum bo‘lsa-da, ular foydalanish uchun ma'qullangan bo‘lgan, Germaniya mutassadi idoralari tomonidan ularning qo‘llanishi qonunan taqiqlanmagan bo‘lgan.   

WDR ma'lumotlariga ko‘ra, bemorlar o‘limining bevosita sabablari o‘rnatilmagan. Taxminlarcha, o‘lim saraton yoki noqonuniy vositalar bilan davolash oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bir qator bemorlar davolash kursidan so‘ng og‘ir kasalliklardan aziyat chekishgan. Telekanal bu kasalliklar haqida ma'lumot bermagan.

Tergovchilar tafsilotlarni o‘rnatish uchun bir necha vafot etganlarning jasadlarini eksgumatsiya qilib, ularning o‘limi sabablarini aniqlashmoqchi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid