Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 07:51 / 21.08.2016
7907
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyalik ayol gandbolchilar birinchi marotaba Olimpiadani yutishdi
Murabbiy Gennadiy Trefilov boshchiligidagi gandbol bo‘yicha Rossiya ayollar terma jamoasi tarixda birinchi marotaba Olimpiada oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Rossiyalik sportchilar final uchrashuvida Fransiya terma jamoasini 22:19 hisobida mag‘lub etishdi.
Qayd etish joizki, rossiyalik gandbolchilar musobaqadagi barcha uchrashuvlarini g‘alaba bilan yakunlashgan.



Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish