Texnologiya | 19:49 / 22.08.2016
4916
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh hukumati kuzda internet ustidan nazoratni ICANN korporatsiyasiga topshiradi

1 oktabr kuni AQSh hukumati qoshidagi axborot va telekommunikatsiya milliy tizimlari domen nomlari bo‘yicha nazoratni Ixtisoslashgan manzillar va raqamlar uchun internet korporatsiyasi - ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers)ga topshiradi. Bu haqda engadget.com xabar qilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi 3080-sonli «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, ICANN xalqaro tashkiloti bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, milliy domenni boshqarish huquqi «Uzinfocom» markaziga berilgan. Ayni kunda ushbu markaz UZ domenining administratori hisoblanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid