11 oktabrda Xalqaro domen nomlarini boşqariş böyiça korporatsiyaning (ICANN) kriptografik kalitlari özgarişi munosabati bilan dunyodagi foydalanuvçilar Internetdagi nosozlikka duç kelişadi, deya xabar beradi «Izvestiya».

Mutaxassislarning aytişiça, gap butunjahon tarmoği işidagi global muammolar haqida ketayotgani yöq. Mobile Research Group tahlilçisi Eldor Murtazinning sözlariga köra, foydalanuvçilar 48 soat içida ba'zi qiyinçiliklarga duç kelişadi. Ba'zi resurslarga kiriş, Internet-sahifalarni yuklaş bilan boğliq muammolar yuz berişi mumkin.

Ayrim foydalanuvçilar eski uskunalarga ega provayderdan foydalansalar, tarmoqqa ulaniş bilan boğliq muammolarga töqnaş kelişadi.

Bunday holda, bu hodisa kutilganidek katta bölmaydi. Dastlabki testlar ötkazildi, ular kalitlarni almaştiriş jarayoni minimal muammolarni keltirib çiqarişi mumkinligini körsatdi.

Xususan, raqamli iqtisodiyot böyiça mutaxassis Arseniy Şçeltsinning aniqlik kiritişiça, asosiy dasturiy ta'minot allaqaçon muvaffaqiyatli yangilanganligi sababli heç qanday taşviş kelib çiqişi kerak emas. 

Kriptografik kalitlarni özgartirişning jarayoni infratuzilma uçun har kuni yuzaga keladigan tahdidlarning sezilarli darajada rivojlanişi tufayli yuz beradi.