«Davlat axborot tizimlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaş böyiça yagona integrator UZINFOCOM» MÇJ UZ zonasida domen nomlarini röyxatga oliş va yangilaş böyiça öz faoliyatini töxtatdi. Bu haqda integrator saytida ma'lum qilindi.
«Yagona integrator UZINFOCOM» tomonidan röyxatdan ötgan domen nomlarining egalari xohişlariga köra, öz domen nomlarini UZ zonasining rasmiy röyxatdan ötkazuvçisiga ötkazişlari mumkin», deyiladi saytda joylaştirilgan xabarda.
Qayd etilişiça, uşbu yeçim «Yagona integrator UZINFOCOM» MÇJ röyxatga oluvçilar va UZ domen administratsiyasi örtasida aniq taqsimlangan vazifani bajariş, röyxatga oluvçilar raqobatdoş tarmoqlarini rivojlantiriş, domen nomlarini röyxatga oliş va qöllab-quvvatlaş xizmatlarini markazlaştirmaslik, raqobat muhitini ta'minlaş, bozorda taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini va domen nomlarini röyxatga oliş, .UZ hududining asosiy reyestrini texnik jihatdan qöllab-quvvatlaşni yaxşilaşga yordam beradi.
Statistikaga köra, ayni vaqtda milliy domen hududi .uz hududida faol domenlar soni 64 mingdan ortiq.












