Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada to‘fon: Yuzlab aviareyslar bekor qilindi, temir yo‘llar harakati cheklanmoqda
Yaponiyaning sharqiy hududlariga hamda Xonsyu orolidagi Kanto viloyatiga "Mindul" to‘foni tufayli 400dan ortiq aviareysni bekor qilishga to‘g‘ri keldi. Jumladan, Tokiodagi "Xaneda" aeroportida uchishlarni amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan.
Taqvimdagi o‘zgarishlar jami 49 ming kishining harakatlanishiga ta'sir ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, Tokio tumani va Tokay viloyatida temir yo‘l faoliyatida uzilishlar yuzaga kelgan. Mahalliy nashrlarning qayd etishicha, keyingi 11 yil ichida ilk marta Kantoga tayfun yetib keldi.
Yaponiya meteorologiya agentligi ma'lumotiga ko‘ra, "Mindal" to‘foni markazida shamol tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil qilmoqda. Meteorologlar suv toshqini va ko‘chkilar bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
23 avgust kuni Yaponiya shimolidagi Xokkaydo oroliga yana bir tayfun bostirib kelishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 25 avgust kuni Yaponiya janubi-g‘arbida "Rayonrok" tayfuni boshlanib, Okinava hamda Kyusyu oroli janubiga tahdid solishi mumkin.
Mavzuga oid
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
15:29 / 08.11.2025
«Kalmayegi» to‘foni Vetnamga yopirildi: halok bo‘lganlar bor
08:37 / 06.11.2025
Filippinda “Kalmayegi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
13:41 / 26.06.2025