Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pele: Mening orzuim amalga oshdi
Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida Braziliya butun dunyoga o‘ziga xos hayot tarzini namoyon qildi. Braziliyalik afsonaviy futbol yulduzi Pele o‘zining Twitter'dagi sahifasida shunday fikr bildirdi.
"Braziliya butun dunyoni quchoq ochib kutib oldi va barchaga xalqimizning o‘ziga xos bo‘lgan hayot tarzini namoyon qildi. Olimpiada yuksak sport mahorati, kutilmagan sovg‘alar va xafagarchiliklar bilan unutilmas xotiralar qoldirdi. Bundan tashqari, men futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining Olimpiadadagi g‘alabasini ko‘rishni butun umr orzu qilardim, orzuim amalga oshdi", - deydi Pele.
Pele Xalqaro futbol federatsiyasi tomonidan XX asrning eng yaxshi futbolchisi, deya e'tirof etilgan. 1999 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi braziliyalik futbol yulduzini "yuz yillikning eng mahoratli sportchisi" deb topdi, holbuki u biror marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmagan.
Mavzuga oid
21:31
Norvegiya oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini o‘rnatdi
00:00 / 16.02.2026
Norvegiyalik chang‘ichi oltin medal olish bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini o‘rnatdi
19:33 / 13.02.2026
Norvegiyalik Klebo oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini takrorladi
13:29 / 13.02.2026