Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Mindulle to‘foni xavfi tufayli 10 mingdan ziyod kishi ko‘chirildi
Yaponiya shimoli-sharqida Mindulle to‘foni xavfi tufayli 10 mingdan ziyod kishi ko‘chirildi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.
To‘fon Tokioning okean tarafi va unga yondosh tumanlarga yaqinlashgan va kuchli yomg‘ir, dengizda bo‘ron turishi va kuchli shamol olib kelgan. Daryolar toshgan, ko‘chki xavfi paydo bo‘lgan. Bir kishi halok bo‘lgan, 60 dan ziyod kishi jabrlangan.
NHK ma'lumotlariga ko‘ra, to‘fon Xokkaydo oroliga yetib borgan va u yerda yashovchi 10 157 kishi o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan. 23 avgust tong saharda Xokkaydoning janubiy qirg‘oqlariga yaqinlashgan to‘fon ko‘chki keltirib chiqargan.
Telekanalning xabar berishicha, to‘fon oqibatida Tokio va Tibadagi 62 ta uy vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026