Jahon | 19:33 / 23.08.2016
5928
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada harbiy o‘quv mashg‘uloti vaqtida bir askar halok bo‘ldi

Foto: © Flickr

Britaniyalik harbiy xizmatchi Nortumberlenddagi o‘quv mashg‘uloti vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda graflik politsiyasi xabar bermoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lum qilishicha, voqea dushanba kuni kechda, otish maydonchasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar vaqtida sodir etilgan. Harbiy xizmatchi boshidan yaralangan va shu zahoti jon taslim qilgan.

Britaniyada so‘nggi yillarda bu kabi voqealar tez-tez takrorlanmoqda. O‘tgan yilning iyun oyida dengiz flotida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchi 48 kilometrli masofani yugurib o‘tish mashg‘ulotlari vaqtida halok bo‘lgan edi. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid